SamDU akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat universiteti Akademik litseyi
Yangilik

Aniq fanlar kafedrasi fan oyligi doirasida “Master-klass” darsi tashkil etildi

17 may 2026 07:07 317 marta o'qildi
Aniq fanlar kafedrasi fan oyligi doirasida “Master-klass” darsi tashkil etildi

2026-yil 6-mart kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida Aniq fanlar kafedrasi tomonidan o‘tkazilayotgan fan oyligi doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Matematika fakulteti, Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi mudiri, dotsent Quljonov O‘tkir tomonidan akademik litseyning aniq fanlar yo‘nalishi 2-bosqich o‘quvchilari uchun “Ehtimollar nazariyasi elementlari” mavzusida “Master-klass” darsi o‘tkazildi. Dars jarayonida o‘quvchilarga ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalari, ularning amaliy ahamiyati hamda kundalik hayotda qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu bo‘yicha faol ishtirok etdilar.

Teglar:
Ulashish:

Shuningdek o'qing

Yopish uchun ESC tugmasini bosing