Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat univesiteti 1-son akademik litseyida o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va bilimli, iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida ona tili va adabiyot fanidan I bosqich olimpiadalari o'tkazilmoqda.
Olimpiada ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni bajarish orqali nazariy bilimlari, mantiqiy fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Ushbu jarayon o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashi, fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda kelgusidagi olimpiadalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qilmoqda.