Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyining 106-guruh o‘quvchilari uchun SamDU Muhandislik fizikasi instituti hamda Yadro texnologiyalari institutiga ilmiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy tadqiqot jarayonlari va innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir o‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Mazkur sayohatda o‘qituvchilar Umarov Shokir, Xayrullayev Ikrom va Nasimov Maqsud hamroh bo‘ldilar.