SamDU akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat universiteti Akademik litseyi
Yangilik

“Ilmiy tafakkur va ijodiy kuch: IMRAD” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

6 may 2026 16:32 170 marta o'qildi
“Ilmiy tafakkur va ijodiy kuch: IMRAD” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Qo'shimcha rasmlar

4 ta rasm

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida 2026-yil 5-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti, Turizm xalqaro universiteti hamda litseyning xorijiy tillar kafedrasi hamkorligida “Ilmiy tafakkur va ijodiy kuch: IMRAD” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda bo‘lajak tadqiqotchilar ishtirok etdi. Seminar davomida PhD darajasiga qo‘yiladigan talablar, ilmiy maqolalar turlari, IMRAD tuzilmasining asosiy jihatlari hamda ilmiy ish yozish jarayonida stressni boshqarish usullari haqida ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Teglar:
Ulashish:

Shuningdek o'qing

Yopish uchun ESC tugmasini bosing