Новость

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

18 июня 2026 11:20 Прочитано 462 раз
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Дополнительные фото

12 фото

Kecha Samarqand davlat universiteti Axborot-resurs markazida bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar, sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan ota-onalar ham taqdirlandilar.
Marosim davomida tashkil etilgan musiqiy tanaffuslar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Iqtidorli qizlar tomonidan ijro etilgan raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayramona muhitni yanada mustahkamladi.
Tadbir samimiy va quvonchli ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi.

Теги:
Поделиться:

Читайте также

Нажмите ESC чтобы закрыть