Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
🌿 “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu xayrli tadbirda litsey jamoasi hamda o‘quvchilar faol ishtirok etmoqda.
Xususan, o‘quvchilar turar joyi hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, atrof-muhitni tozalash, hududni tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
✨ Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat hududlarimizning yanada obod bo‘lishiga, balki yoshlar qalbida mehnatsevarlik, jamoaviylik va tabiatga mehr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi