Akademik litsey o‘quvchilar turar joyida yashovchi o‘g‘il bolalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi. Unda litsey direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A. Pardayev hamda viloyat IIBning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi, katta leytenant D. Axrorov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq va erkin suhbat olib bordilar.
Suhbat davomida odob-axloq, intizom, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va zararli odatlardan yiroq bo‘lish masalalari muhokama qilindi.
Hurmatli ota-onalar, keling, farzandlarimiz tarbiyasida hamkorlikni yanada mustahkamlab, ularni birgalikda nazorat qilib boraylik.