2026-yil 24-aprel kuni Samarqand davlat universiteti akademik litseyining fizika fani o‘qituvchisi Xayrullayev Ikromjon boshchiligida aniq fanlar (texnika) yo‘nalishi 105-guruh o‘quvchilari Sharof Rashidov nomidagi SamDU Muhandislik fizikasi institutida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar institutdagi zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Ushbu tashrif o‘quvchilarning kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.