SamDU akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat universiteti Akademik litseyi
E'lon

SAT xalqaro imtihonini topshirish jarayonini yanada qulay va ommabop qilish

17 may 2026 06:03 287 marta o'qildi
SAT xalqaro imtihonini topshirish jarayonini yanada qulay va ommabop qilish

Bilim va malakalarni baholash agentligi delegatsiyasi joriy yilning 23-yanvar kuni AQShda joylashgan “College Board” tashkilotiga rasmiy tashrif buyurgan edi. Mazkur tashrif doirasida xalqaro imtihonlarni tashkil etish, ularning qamrovini kengaytirish hamda talabgorlar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan bir qator muhim muzokaralar olib borildi.

✍️ Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, SAT xalqaro imtihonini topshirish jarayonini yanada qulay va ommabop qilish maqsadida, ushbu imtihonni respublikaning barcha hududlarida tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu esa abituriyentlarga imtihonni o‘z hududida topshirish imkoniyatini yaratib, ortiqcha vaqt va xarajatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Ayni vaqtda Bilim va malakalarni baholash agentligining 13 ta hududiy bo‘limida SAT imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlanganini ma’lum qilamiz.

Teglar:
Ulashish:

Shuningdek o'qing

“Yosh kitobxon” tanlovi E'lon
22 may 2026 313

“Yosh kitobxon” tanlovi

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida joriy yilning 22–23-may kunlari soat 13:00 da akademik litsey o‘quvc...

Batafsil

Yopish uchun ESC tugmasini bosing