Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyining 104-guruh o‘quvchisi Gulmonova Dinora Xitoy Xalq Respublikasida tahsil olish imkoniyatini beruvchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi!
🧠Mazkur yutuq o‘quvchining bilimga bo‘lgan intilishi, tinimsiz mehnati hamda ustozlarining fidokorona sa’y-harakatlari samarasidir.
🐈⬛ Bugungi kunda akademik litseyimiz o‘quvchilari nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosda ham katta muvaffaqiyatlarga erishib, yurtimiz yoshlarining salohiyatini namoyon etmoqda.
👏Litsey jamoasi Gulmonova Dinorani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaydi!
🚀Kelajak sari dadil qadam tashlang — muvaffaqiyat manzili SamDU akademik litseyi!