News

OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

17 May 2026 06:52 Read 220 times
OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi Nazarov Madiyor tomonidan joriy yilning 12-mart kuni Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi 101-guruh o‘quvchilariga “Kvadrat funksiya va uning xossalari, grafigi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dars jarayonida kvadrat funksiya va uning asosiy xossalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, kvadrat funksiya grafigini chizish GeoGebra dasturi yordamida amaliy tarzda namoyish etildi hamda o‘quvchilarga o‘rgatildi.
Mashg‘ulot davomida “Aqliy hujum”, “Insert”, “Guruhlarda ishlash” va “Visual” kabi zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanildi. O‘quvchilar va o‘qituvchining ikki tomonlama faolligi asosida tashkil etilgan darsda akademik litseyning matematika fani o‘qituvchilari hamda kafedra mudiri ham ishtirok etdi.

Mazkur ochiq dars o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga xizmat qildi.

Tags:
Share:

You may also read

Press ESC to close